Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-11-21
ZedAI — Instagram va Telegram akkauntlari uchun kontent yaratish va muloqotni avtomatlashtirish xizmati. Bu sahifa biz qanday ma'lumot yig'ishimizni, nima uchun ishlatishimizni va uni qanday o'chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Akkaunt ma'lumotlari: elektron pochta, parolning shifrlangan hosilasi, ism, til va vaqt zonasi.
- Ulangan ijtimoiy tarmoq akkauntlari: kirish tokenlari (bazada shifrlangan holda), akkaunt identifikatori, foydalanuvchi nomi va ochiq profil ma'lumotlari.
- Auditoriya bilan muloqot: siz ulagan akkauntlarga yozilgan izohlar va shaxsiy xabarlar, Stories'da belgilashlar va reaksiyalar haqidagi bildirishnomalar, shuningdek yozgan odamning identifikatori va foydalanuvchi nomi.
- Instagram statistikasi (Insights), siz ruxsat bersangiz: o'z postlaringizning ko'rishlari, qamrovi, saqlashlari, ulashishlari va Reels tomosha vaqti, obunachilaringizning umumlashtirilgan tarkibi (yosh, jins, mamlakat, shahar). Bu raqamlar faqat sizga va profil tahliliga ko'rsatiladi, bir necha soat keshda saqlanadi.
- Heshteg qidiruvi: akkauntni Facebook orqali ham ulasangiz, Facebook sahifa tokeni shifrlangan holda saqlanadi va faqat siz yozgan heshteglarni qidirish uchun ishlatiladi. Natija ommaviy postlar (havola, turi, layk va izohlar soni, matn, sana), muallifsiz; 6 soat keshda saqlanadi. Qidirilgan heshteglar Meta'ning haftalik limitini hisoblash uchun 7 kun saqlanadi.
- Siz yaratgan kontent: stsenariylar, promptlar, rasmlar va videolar.
- To'lov ma'lumotlari: tarif, kreditlar balansi va to'lov tizimidagi tranzaksiya raqami. Karta ma'lumotlari bizga umuman kelmaydi — ularni to'lov provayderi qabul qiladi.
- Texnik ma'lumot: tizimga kirish paytidagi IP manzil va brauzer ma'lumoti, xizmat jurnallari.
Nima uchun ishlatamiz
- Xizmatni ko'rsatish uchun: stsenariy va media yaratish, siz sozlagan avtomatik javoblarni yuborish, postlarni rejalashtirish, statistikani ko'rsatish.
- Xavfsizlik uchun: ruxsatsiz kirishni aniqlash, spam va suiiste'molning oldini olish.
- Hisob-kitob uchun: kreditlar sarfi va to'lovlar tarixi.
- Biz sizning ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Kimlar bilan bo'lishamiz
- Google (Gemini API) — stsenariy, rasm va video yaratish hamda AI-menejer javoblari uchun so'rov matni, Instagram izohi yoki xabari matni yuboriladi.
- Meta Platforms (Instagram) va Telegram — siz ulagan akkauntlar bo'yicha xabar va izohlarni yuborish hamda olish uchun.
- To'lov provayderlari — to'lovni amalga oshirish uchun.
- UAB Cherry Servers (Litva) — ma'lumotlar saqlanadigan server.
- Har bir holatda faqat o'sha vazifa uchun zarur ma'lumot uzatiladi.
Instagram va Telegram ma'lumotlari
- Biz Instagram'dan olingan ma'lumotni faqat siz sozlagan avtomatizatsiyalarni bajarish va sizga ko'rsatish uchun ishlatamiz. Meta Platform Terms talablariga rioya qilamiz.
- Xabar va izohlar mazmuni sizning hisobingiz doirasida saqlanadi va boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi.
- Akkauntni uzganingizda tokenlar bekor qilinadi va yangi ma'lumot olinmaydi.
Qancha vaqt saqlaymiz
- Akkauntingiz faol bo'lgan vaqt davomida saqlaymiz.
- Hisobni o'chirishni so'rasangiz, ma'lumotlar 30 kun ichida butunlay o'chiriladi. Qonun talab qiladigan hisob-kitob yozuvlari (to'lovlar) belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin.
- Xizmat jurnallari 90 kundan so'ng o'chiriladi.
Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash, tuzatish yoki o'chirishni talab qilish huquqiga egasiz.
- Ulangan akkauntni istalgan vaqtda Akkauntlar bo'limidan uzishingiz mumkin.
- Ma'lumotlar uchun mas'ul shaxs: yakka tadbirkor XOSIYATOVA ZUXRAXON NABIDJONOVNA, O'zbekiston.
- So'rov uchun: support@zedai.uz
Xavfsizlik
- Ijtimoiy tarmoq tokenlari bazada shifrlangan holda saqlanadi, parollar esa qaytarib bo'lmaydigan usulda xeshlanadi.
- Barcha trafik HTTPS orqali uzatiladi.
- Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas, lekin biz xavfni kamaytirish uchun oqilona choralarni ko'ramiz.
O'zgarishlar
- Ushbu siyosat o'zgarsa, sahifadagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida elektron pochta orqali xabar beramiz.